sunnatbeeCLI

agent
Guvenlik Denetimi
Basarisiz
Health Gecti
  • License — License: MIT
  • Description — Repository has a description
  • Active repo — Last push 0 days ago
  • Community trust — 19 GitHub stars
Code Basarisiz
  • fs module — File system access in .github/workflows/ci.yml
  • child_process — Shell command execution capability in bin/cli.js
  • spawnSync — Synchronous process spawning in bin/cli.js
  • process.env — Environment variable access in bin/cli.js
  • fs module — File system access in bin/cli.js
  • rm -rf — Recursive force deletion command in bootstrap.sh
  • rm -rf — Recursive force deletion command in install.sh
Permissions Gecti
  • Permissions — No dangerous permissions requested

Bu listing icin henuz AI raporu yok.

SUMMARY

One command, 28+ top AI CLIs — an interactive launcher for terminal AI coding agents (Claude Code, Codex, Gemini, Aider…). Uzbek & English

README.md
Aidevix logosi

✦ Aidevix CLI

Bitta buyruq. 28 ta top AI CLI. Cheksiz imkoniyat.

aidevix deb yozing → ro'yxatdan tanlang → CLI avtomatik ishga tushadi.
O'rnatilmagan bo'lsa — o'zi o'rnatadi. 🪄

🇺🇿 O'zbekcha · 🇬🇧 English

Release
CI
Shell
Powered by fzf
License: MIT

Platform
PRs welcome
Conventional Commits
Stars

⚡ Hoziroq o'rnatish
📦 Eng so'nggi reliz


Aidevix CLI demo

▶ Jonli (animatsion) demoni yaratish: bash scripts/record-demo.shassets/demo.gif

⚡ Tezkor o'rnatish — Git Bash (Windows) yoki terminal (Linux/macOS)da:

curl -fsSL https://raw.githubusercontent.com/SUNNATBEE/sunnatbeeCLI/main/bootstrap.sh | bash

So'ng source ~/.bashrc && aidevix. To'liq qo'llanma: O'rnatish · Yuklab olish: Releases


📖 Loyiha haqida

Aidevix CLI — terminaldagi 28 ta top AI CLI agentini (Claude Code, Codex,
Gemini, Copilot, Aider, Ollama va h.k.) yagona interaktiv menyu orqali bitta
buyruq bilan boshqarish vositasi. bash, zsh, cmd va PowerShell'da ishlaydi.

🎓 Bu loyiha o'quvchilar uchun maxsus tuzilgan: ular bitta buyruq bilan
o'rnatadi va istalgan AI CLI'dan darrov foydalana boshlaydi — qaysi paket
qaysi buyruq bilan o'rnatilishini eslab o'tirish shart emas.


✨ Imkoniyatlar (Features)

Imkoniyat Tavsif
🎨 Professional dizayn AD logosi + gradientli banner, jonli spinner animatsiyasi, rangli preview — toza va zamonaviy
Bir buyruq bilan o'rnatish curl ... | bash — qolgani avtomatik
🎛️ Yagona aidevix menyusi 28 ta top AI CLI bitta interaktiv ro'yxatda (status + preview)
🪄 Avtomatik o'rnatish Tanlangan CLI yo'q bo'lsa — ruxsat so'rab o'zi o'rnatadi
🔐 Login yo'riqnomasi Har agent uchun qaysi login/API kalit kerakligi ko'rsatiladi; kalitlar saqlanmaydi
🚀 Tezkor ishga tushirish aidevix claude — menyusiz, to'g'ridan-to'g'ri
📊 Lokal statistika Har agent necha marta ishlatilganini sanaydi; menyu va --list eng ko'p ishlatilgan bo'yicha tartiblanadi (yonida · N×). Faqat shu kompyuterda — hech qayoqqa yuborilmaydi
🪄 fzf avtomatik o'rnatiladi O'rnatishda fzf'ni o'zi yuklab oladi (sudo kerak emas); bo'lmasa raqamli menyuga o'tadi
🔄 Avtomatik yangilanish Loyiha yangilansa — aidevix o'zini jim yangilaydi va "nima yangilangani"ni ko'rsatadi (qo'lda hech narsa qilish shart emas)
♻️ aidevix --update O'rnatilgan barcha agentlarni bir buyruq bilan yangilaydi
🩺 aidevix --doctor Muhitni (node/npm/python/fzf, PATH) tekshiradi
aidevix --add Interaktiv tarzda yangi agent qo'shadi (faylni qo'lda tahrirlamasdan)
🧭 PATH avtomatik tuzatish npm/pip global bin papkasini o'zi topadi — yangi kompyuterda ham ishlaydi
🩺 Tushunarli xato xabarlari Xato bo'lsa — sababini va yechimini oddiy tilda aytadi (bolalar ham tushunadi)
⌨️ Shell completion aidevix <TAB> agent nomlarini to'ldiradi (bash/zsh)
🪟 Windows wrapper aidevix.cmd / aidevix.ps1 — PowerShell/cmd'dan ham ishlaydi
🔌 Kengaytiriluvchi Yangi agent qo'shish — kod yozmasdan, bitta qator
🛡️ Xavfsiz .bashrc/.zshrc o'zgartirishdan oldin zaxiralanadi
🧹 Toza o'chirish uninstall.sh hammasini izsiz qaytaradi

🤖 Qo'llab-quvvatlanadigan AI CLI agentlar

# Agent Buyruq Guruh Login
1 🧠 Claude Code claude Coding 🔑 / 💳
2 ⚡ OpenAI Codex codex Coding 🌐 / 🔑
3 ✨ Gemini CLI gemini Coding 🌐 / 🔑
4 🐙 GitHub Copilot copilot Coding 💳
5 🟢 OpenCode opencode Coding 🔑
6 💅 Crush crush Coding 🔑
7 🐉 Qwen Code qwen Coding 🌐 / 🔑
8 🔁 Continue cn Coding 🌐 / 🔑
9 🎯 Cursor Agent cursor-agent Coding 🌐
10 🗺️ Plandex plandex Coding 🌐 / 🔑
11 🤝 Aider aider Pair 🔑
12 🦢 Goose goose Agent 🔑
13 🦙 Ollama ollama Local 🆓
14 💬 llm llm Chat 🔑
15 🗨️ AIChat aichat Chat 🔑
16 💻 Open Interpreter interpreter Agent 🆓 bepul
17 🙌 OpenHands openhands Agent 🆓 bepul
18 🛠️ SWE-agent sweagent Agent 🆓 bepul
19 🧩 Cline CLI cline Coding 🆓 bepul
20 🦘 Kilo CLI kilo Coding 🆓 bepul
21 🤖 Grok Build grok Coding 💳 / 🌐
22 🚀 Antigravity antigravity Coding 🆓 bepul
23 🐙 GitHub CLI gh Tools 🆓 bepul
24 🛡️ Freebuff freebuff Coding 🌐
25 🐝 Codebuff codebuff Coding 🆓 / 🔑 / 💳
26 🧰 gptme gptme Agent 🆓 bepul
27 💬 Shell GPT sgpt Chat 🔑
28 🪄 Mods mods Chat 🔑

Login belgilari: 🔑 API kalit · 🌐 brauzer orqali login · 💳 obuna · 🆓 bepul (ochiq manba / bepul tier).
💡 aidevix --free — faqat bepul agentlarni ko'rsatadi (11+ ta).
Ro'yxat config/agents.conf'da — istalgancha o'zgartirish/qo'shish mumkin.
⚠️ Cursor Agent hozircha Windows'da ishlamaydi; Antigravity — qo'lda yuklab olinadi
(IDE); GitHub CLI Windows'da winget install GitHub.cli bilan ham o'rnatiladi.


🎬 Video qo'llanma (O'quvchilar uchun)

🎥 O'rnatish va foydalanishning to'liq jarayonini video orqali ko'rib
o'rganing — ayniqsa birinchi marta o'rnatayotgan bo'lsangiz tavsiya etiladi.

Video qo'llanma

📌 Video havolasi tez orada shu yerga qo'shiladi.


🚀 O'rnatish (Installation)

O'rnatish atigi bir necha daqiqa. Quyidagi 3 qadamni ketma-ket bajaring.

💡 Pastdagi yozma yo'riqnoma bilan birga yuqoridagi video qo'llanmani ham
ko'rsangiz, jarayon yanada oson kechadi.

1️⃣-qadam — Kerakli dasturlar (Prerequisites)

O'rnatishdan oldin kompyuteringizda quyidagilar bo'lishi kerak:

Dastur Majburiymi? Nima uchun Qanday o'rnatish
git ✅ Ha Loyihani yuklab olish uchun git-scm.com/downloads
curl yoki wget ✅ Ha O'rnatuvchini yuklab olish macOS/Linux'da odatda bor; Windows'da Git Bash bilan keladi
fzf 🪄 Avtomatik Chiroyli izlanadigan menyu O'rnatuvchi o'zi yuklab oladi (sudo kerak emas)
Node.js / Python ❌ Yo'q Faqat tanlangan AI CLI uchun aidevix keraklisini o'zi taklif qiladi

🪟 Windows foydalanuvchilari diqqat! Bu vosita Git Bash ichida ishlaydi.
Avval Git for Windows ni o'rnating
(Next → Next → Finish), so'ng "Git Bash" dasturini oching va quyidagi
buyruqlarni o'sha oynada yozing — oddiy cmd yoki PowerShell'da emas.

2️⃣-qadam — O'z terminalingizga mos buyruqni tanlang

Qaysi dasturda ishlayotganingizga qarab quyidagilardan birini nusxalab,
Enter bosing. (Hamma yo'l bir xil natijaga olib keladi.)

🧠 Qisqacha qoida: yadro bash skripti. Linux/macOS'da to'g'ridan-to'g'ri,
Windows'da esa Git Bash oynasida ishlaydi. ⚠️ Oddiy cmd yoki PowerShell'dan
foydalanmang — ularda bash PATH'da bo'lmaganligi sababli "bash" topilmadi
xatosi chiqadi. Git Bash dasturini oching.

🐧 Linux / 🍎 macOS — bash yoki zsh

curl -fsSL https://raw.githubusercontent.com/SUNNATBEE/sunnatbeeCLI/main/bootstrap.sh | bash

curl yo'q bo'lsa, wget bilan:

wget -qO- https://raw.githubusercontent.com/SUNNATBEE/sunnatbeeCLI/main/bootstrap.sh | bash

🪟 Windows — Git Bash

Start menyudan "Git Bash" dasturini oching (oddiy cmd/PowerShell EMAS) va
xuddi yuqoridagi buyruqni yozing:

curl -fsSL https://raw.githubusercontent.com/SUNNATBEE/sunnatbeeCLI/main/bootstrap.sh | bash

"bash" topilmadi degan xato? Demak siz cmd yoki PowerShell'dasiz.
Ularni yoping va Git Bash dasturini oching — buyruq o'sha oynada ishlaydi.

⚠️ curl: (35) ... CRYPT_E_NO_REVOCATION_CHECK xatosi? Bu Windows'da curl
sertifikat-otzыv serveriga ulana olmaganda chiqadi (internetdagi muammo, sizda
emas). Yechimi — buyruqqa --ssl-no-revoke qo'shing:

curl --ssl-no-revoke -fsSL https://raw.githubusercontent.com/SUNNATBEE/sunnatbeeCLI/main/bootstrap.sh | bash

💡 Windows'da aidevix buyrug'ini ishlatish: o'rnatishdan keyin aidevix
Git Bash'da darrov ishlaydi. PowerShell/cmd'da ham ishlashi uchun
%USERPROFILE%\.local\bin papkasini Windows PATH'iga qo'shing (yoki
shunchaki Git Bash'dan foydalaning).

📦 Paket menejerlari orqali

# npm (cross-platform — Node.js va ishga tushish uchun bash kerak)
npm install -g aidevix

# Homebrew (macOS / Linux)
brew install SUNNATBEE/tap/aidevix

# Scoop (Windows)
scoop bucket add aidevix https://github.com/SUNNATBEE/sunnatbeeCLI
scoop install aidevix

Manifestlar packaging/ papkasida (Homebrew formula + Scoop manifest).


Yuqoridagi buyruq qaysi terminalda bo'lsa ham, hamma narsani avtomatik bajaradi:

  1. 📥 Loyihani ~/.ai-cli papkasiga yuklab oladi
  2. 🔍 Kerakli dasturlarni tekshiradi va fzf'ni avtomatik o'rnatadi (chiroyli menyu uchun)
  3. 💾 ~/.bashrc / ~/.zshrc faylini zaxiralaydi (xavfsizlik uchun)
  4. 🔗 aidevix buyrug'ini o'rnatadi (+ Windows uchun aidevix.cmd / aidevix.ps1)
  5. ⚙️ Agentlar ro'yxatini ~/.config/ai-cli/ ga ko'chiradi
  6. ⌨️ PATH va avtomatik to'ldirishni (completion) sozlaydi
🛠️ Variant B — Qo'lda o'rnatish (git clone bilan)

Avtomatik buyruqni ishlatishni xohlamasangiz:

git clone https://github.com/SUNNATBEE/sunnatbeeCLI.git ~/.ai-cli
bash ~/.ai-cli/install.sh

3️⃣-qadam — Terminalni qayta oching va tekshiring

O'rnatish tugagach, terminalni butunlay yopib, qaytadan oching
(yoki source ~/.bashrc). So'ng tekshiring:

aidevix --doctor     # muhit to'g'ri sozlanganini tekshiradi
aidevix              # menyuni ochadi 🎉

✅ Menyu ochildimi? Tabriklaymiz — tayyor! Endi istalgan AI CLI'ni tanlang.


📌 Eslatma: repozitoriyaning standart branchi master bo'lsa, URL'dagi
main so'zini master ga almashtiring.

🩺 Muammo chiqdimi? Avval aidevix --doctor ni ishga tushiring — u
muammoni topib, oddiy tilda nima qilish kerakligini aytadi. To'liq qo'llanma:
TROUBLESHOOTING.md.

fzf qo'lda o'rnatish (agar avtomatik o'rnatilmasa)
brew install fzf            # macOS
sudo apt install fzf        # Debian / Ubuntu
sudo pacman -S fzf          # Arch Linux
winget install fzf          # Windows
# Boshqalar: https://github.com/junegunn/fzf#installation

🎮 Foydalanish (Usage)

aidevix
     █████╗ ██████╗
    ██╔══██╗██╔══██╗
    ███████║██║  ██║
    ██╔══██║██║  ██║
    ██║  ██║██████╔╝
    ╚═╝  ╚═╝╚═════╝

  ✦  Aidevix CLI
  barcha AI agentlar — bitta pultda
  ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

╭─ ✦ Aidevix CLI ────────────────────────────────────────────╮
│                                          ╭── tafsilot ────╮ │
│ ▶ ✓  Claude Code     🧠 Claude CLI       │ Claude Code    │ │
│   ✓  Aider           🤝 pair programming │ ───────────    │ │
│   ✗  Gemini CLI      ✨ Gemini agenti    │ ● o'rnatilgan  │ │
│   ✗  GitHub Copilot  🐙 Copilot CLI      │ Binar: claude  │ │
│   ...                                    ╰────────────────╯ │
│   ↑/↓ tanlang · yozib qidiring · ENTER · ESC               │
╰────────────────────────────────────────────────────────────╯

Yozib qidiring → ↑/↓ bilan tanlang → ENTER. O'ng tomonda tanlangan
agentning tafsiloti (holati, buyrug'i, o'rnatish usuli) jonli ko'rinadi.

💡 fzf yo'q bo'lsa, xuddi shu narsa oddiy raqamli menyu sifatida chiqadi —
hech narsa yo'qolmaydi.

🪄 O'rnatishda jonli animatsiya

CLI o'rnatilayotganda quruq kutish o'rniga — aylanuvchi spinner va o'tgan vaqt:

⠹ 📦 Claude Code o'rnatilmoqda  3s
✓ 📦 Claude Code o'rnatilmoqda  (8s)
🚀 Ishga tushirilmoqda  Claude Code

🪄 Avtomatik o'rnatish

Agar tanlangan CLI tizimda yo'q bo'lsa, aidevix shunchaki xato bermaydi — u o'zi
o'rnatishni taklif qiladi:

[!] Agent topilmadi: 'Claude Code' (kerakli buyruq: 'claude').
[i] O'rnatish buyrug'i: npm install -g @anthropic-ai/claude-code
❓ 'Claude Code' hozir o'rnatilsinmi? [y/N] y
[i] O'rnatilmoqda: Claude Code ...
[✓] O'rnatildi: Claude Code
[✓] Ishga tushirilmoqda: Claude Code  ➜  claude

Boshqa buyruqlar

Buyruq Vazifasi
aidevix Interaktiv menyuni ochadi (fzf bo'lsa fzf + preview, bo'lmasa raqamli)
aidevix <agent> Agentni nomi/binari bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri ishga tushiradi (masalan aidevix claude)
aidevix --list Barcha CLI'lar va ularning o'rnatilgan/yo'q holatini ko'rsatadi
aidevix --free 🆓 Faqat bepul agentlar menyusi (sinab ko'rish uchun eng yaxshisi)
aidevix --top Faqat eng mashhur (top) agentlar menyusi
aidevix --update O'rnatilgan barcha agentlarni yangilaydi
aidevix --doctor Muhitni tekshiradi (vositalar, PATH, agentlar holati)
aidevix --add Interaktiv tarzda yangi agent qo'shadi
aidevix --stats [on|off] 📊 Global statistika (opt-in, standart o'chiq). Yoqilganda menyuda 🔥 #reyting ko'rinadi; faqat agent nomi + hodisa turi yuboriladi (shaxsiy ma'lumotsiz)
aidevix --version Aidevix CLI versiyasini ko'rsatadi
aidevix --help Yordam matnini chiqaradi

💡 aidevix <TAB> — agent nomlarini avtomatik to'ldiradi (o'rnatishdan keyin).


🔐 Login / API kalitlar

Ko'pchilik AI CLI'lar ishlashidan oldin hisobga kirish (login) yoki API
kalit
talab qiladi. Aidevix buni siz uchun soddalashtiradi:

  • 📋 Menyuda har agent yonida belgi (🆓/🔑/🌐/💳), preview'da to'liq login talabi
    va havola ko'rinadi.
  • 🌐 Login sahifasi brauzerда faqat zarur bo'lganda ochiladi — ya'ni agent
    o'zingiz API kalit olishingizni talab qilsa va o'sha kalit hali
    o'rnatilmagan bo'lsa. Agar agent o'zi login qilsa (brauzer-login), obuna yoki
    bepul bo'lsa, yoki kalit allaqachon bor bo'lsa — brauzer ochilmaydi, faqat
    qisqa eslatma chiqadi.
  • 🔒 Kalitlarni o'zingiz, agentning o'z ko'rsatmasi bo'yicha kiritasiz. Aidevix
    hech qanday parol yoki kalitni ko'rmaydi va saqlamaydi
    — ular faqat sizning
    kompyuteringizda qoladi.

💡 Bepulini sinab ko'rmoqchimisiz? aidevix --free — faqat bepul agentlarni
(Gemini, Qwen, Ollama, Continue, Open Interpreter, OpenHands, SWE-agent, Cline,
Kilo, GitHub CLI, Antigravity — 11 ta) ko'rsatadi. aidevix --top — eng
mashhurlarini.

Belgi Ma'nosi Misol
🔑 API kalit kerak ANTHROPIC_API_KEY, OPENAI_API_KEY, OpenRouter
🌐 Brauzer orqali login Google / ChatGPT / Cursor hisobi
💳 Obuna kerak GitHub Copilot, Claude Pro/Max
🆓 Bepul — login shart emas Ollama (lokal modellar)

💡 Masalan, Claude Code'ni tanlasangiz, u birinchi ishga tushganda
ANTHROPIC_API_KEY so'raydi yoki brauzerda Claude hisobingizga kirishni
taklif qiladi — ekrandagi ko'rsatmaga amal qiling.


➕ O'z agentlaringizni qo'shish

Eng kuchli tomoni — kod yozish shart emas. Agentlar oddiy matnli faylda:

~/.config/ai-cli/agents.conf

Eng oson yo'li — interaktiv qo'shuvchi:

aidevix --add

Yoki qo'lda — har bir agent bitta qator, | bilan ajratilgan 5 majburiy + 1
ixtiyoriy maydon
:

NOM | BINARY | BUYRUQ | INSTALL | IZOH | KATEGORIYA
Maydon Ma'nosi
NOM Menyuda ko'rinadigan nom
BINARY PATH'da tekshiriladigan bajariluvchi fayl (command -v)
BUYRUQ Ishga tushiriladigan buyruq (argumentlar bilan)
INSTALL CLI yo'q bo'lsa ishlatiladigan o'rnatish buyrug'i
IZOH Qisqacha tavsif
KATEGORIYA (ixtiyoriy) Guruh nomi: Coding, Chat, Local va h.k.

Misol

agents.conf oxiriga yangi qator qo'shing:

Continue|cn|cn|npm install -g @continuedev/cli|🔁 Continue terminal agenti|Coding

💡 Eslatma: INSTALL maydonida | (pipe) ishlatmang — u maydon ajratgichi.
curl ... | bash o'rniga pipe-siz shakldan foydalaning:

...|bash -c "$(curl -fsSL https://example.com/install.sh)"|...

Saqlang — keyingi aidevix ishga tushishida agent menyuda paydo bo'ladi. 🎉

🔧 Muhit o'zgaruvchilari:

O'zgaruvchi Vazifasi
AI_PULT_CONFIG Boshqa konfiguratsiya faylini ko'rsatish
AI_NO_ANIM=1 Animatsiyalarni o'chirish (spinner/banner)
NO_COLOR=1 Ranglarni butunlay o'chirish
AIDEVIX_LANG Interfeys tili: uz yoki en (berilmasa LANG/locale'dan aniqlanadi)
AIDEVIX_NO_AUTOUPDATE=1 Avtomatik yangilanishni o'chirish
AIDEVIX_UPDATE_INTERVAL Yangilanish tekshiruvi oralig'i (sekund, standart 10800 = 3 soat)

🌐 Til (o'zbekcha / inglizcha)

Aidevix o'zbekcha (standart) va inglizcha ishlaydi. Interfeys tili
LANG/locale'dan avtomatik aniqlanadi:

  • uz*, C/POSIX yoki bo'sh → o'zbekcha
  • en* (masalan en_US.UTF-8) yoki boshqa har qanday locale → inglizcha

Tilni xohlagan vaqtda majburlash mumkin:

export AIDEVIX_LANG=en   # inglizcha
export AIDEVIX_LANG=uz   # o'zbekcha
aidevix --help

Agent izohlari config/agents.conf dan keladi va hozircha tildan qat'i
nazar o'zbekcha — faqat ilovaning o'z interfeysi tarjima qilinadi.


🔄 Avtomatik yangilanish

aidevix o'zini avtomatik yangilab turadi — qo'lda hech narsa qilish shart emas.
Loyihaga yangi imkoniyat yoki agent qo'shilsa (ya'ni main branchга push qilinsa),
keyingi safar aidevix ishga tushganda:

  🔄 Aidevix CLI — yangi versiya topildi, yangilanmoqda...
  Yangi o'zgarishlar:
    • feat: 3 yangi bepul agent qo'shildi
  ✓ Yangilandi! Yangi imkoniyatlar tayyor.
  • 🔒 Xavfsiz: lokal o'zgarishlaringiz bo'lsa, ular ustidan yozilmaydi.
  • ⏱️ Tejamkor: har 3 soatda bir marta tekshiriladi (sozlanadi).
  • 🆕 Yangi agentlar darrov ko'rinadi: ro'yxat repo'dan o'qiladi, siz qo'shgan
    agentlar esa saqlanib qoladi.
  • ⛔ O'chirish: export AIDEVIX_NO_AUTOUPDATE=1.

ℹ️ Yuqoridagi avtomatik yangilanish git orqali (curl | bash, install.sh)
o'rnatganlar uchun ishlaydi.

📦 npm orqali o'rnatganlar

npm install -g aidevix bilan o'rnatsangiz paket node_modules ichida bo'ladi
(.git yo'q), shuning uchun u o'zini git orqali yangilamaydi. Buning o'rniga
aidevix npm registry'dan eng so'nggi versiyani jim tekshiradi va yangisi chiqsa
bir martalik eslatma ko'rsatadi:

🔄 Aidevix yangi versiya bor (1.1.0 → 1.2.0)
   Yangilash uchun terminalga yozing:
       npm update -g aidevix
   Eslatmani o'chirish: AIDEVIX_NO_AUTOUPDATE=1
  • 📡 Fonda: tekshiruv ishga tushishni sekinlashtirmaydi (throttled, std 3 soat).
  • 🔕 Bezovta qilmaydi: har yangi versiya uchun faqat bir marta eslatadi.
  • 🙅 Avtomatik o'rnatmaydi: yangilashni siz npm update -g aidevix bilan o'zingiz qilasiz.
  • ⛔ O'chirish: export AIDEVIX_NO_AUTOUPDATE=1 (CI=1 bo'lsa ham o'chiq).

🗑️ O'chirish (Uninstall)

bash ~/.ai-cli/uninstall.sh

Bu .bashrc/.zshrc blokini (zaxira olib) olib tashlaydi va aidevix
buyrug'ini o'chiradi. Konfiguratsiyani esa xohlasangiz qo'lda o'chirasiz:

rm -rf ~/.config/ai-cli ~/.ai-cli

📂 Loyiha tuzilmasi

aidevix-cli/
├── README.md             # Ushbu hujjat
├── TROUBLESHOOTING.md    # Muammolar va sodda yechimlar
├── CHANGELOG.md          # O'zgarishlar tarixi (SemVer)
├── CONTRIBUTING.md       # Hissa qo'shish qo'llanmasi
├── CODE_OF_CONDUCT.md    # Xulq-atvor kodeksi
├── SECURITY.md           # Xavfsizlik siyosati va zaiflik xabari
├── CLAUDE.md             # Loyiha xaritasi (AI yordamchilar uchun konteks)
├── README.en.md          # English README
├── Makefile              # make test / lint / syntax / check
├── package.json          # npm paketi (aidevix)
├── VERSION               # Joriy versiya (masalan 1.0.0)
├── LICENSE               # MIT
├── bootstrap.sh          # Bir buyruq bilan o'rnatuvchi (curl | bash)
├── install.sh            # Asosiy o'rnatuvchi (zaxira + symlink + completion)
├── uninstall.sh          # Toza o'chiruvchi
├── .editorconfig         # Izchil kod uslubi
├── .github/              # CI, release, issue/PR shablonlari
│   ├── workflows/        #   ci.yml (shellcheck · bash -n · bats) · release.yml
│   ├── ISSUE_TEMPLATE/   #   bug / feature shablonlari
│   ├── dependabot.yml    #   Actions versiyalarini avtomatik yangilash
│   ├── CODEOWNERS
│   └── PULL_REQUEST_TEMPLATE.md
├── tests/                # Bats testlari (unit + CLI + common)
│   ├── *.bats            #   unit_parse · cli · common
│   ├── test_helper.bash  #   umumiy setup
│   └── fixtures/         #   test agents.conf
├── scripts/              # demo.sh + record-demo.sh (asciinema → GIF)
├── packaging/            # Paket menejer manifestlari
│   ├── homebrew/aidevix.rb
│   └── scoop/aidevix.json
├── man/
│   └── aidevix.1         # man sahifa (man aidevix)
├── assets/
│   ├── log.jpg           # Aidevix "AD" logosi
│   └── demo.svg          # README demo posteri
├── bin/
│   ├── ai-selector.sh    # `aidevix` buyrug'i — menyu + avtomatik o'rnatish
│   ├── cli.js            # npm uchun Node launcher (bash'ni topib chaqiradi)
│   ├── aidevix.cmd       # Windows (cmd.exe) wrapper
│   └── aidevix.ps1       # Windows (PowerShell) wrapper
├── lib/
│   └── common.sh         # Umumiy funksiyalar (log, rang, xato boshqaruvi)
├── completions/
│   ├── aidevix.bash      # bash/zsh (bashcompinit) avtomatik to'ldirish
│   ├── _aidevix          # zsh native completion
│   └── aidevix.fish      # fish completion
└── config/
    └── agents.conf       # Agentlar ro'yxati (28 ta top AI CLI)

🤝 Hissa qo'shish

PR'lar mamnuniyat bilan! To'liq qo'llanma: CONTRIBUTING.md.

Qisqacha: Fork → branch → commit (Conventional Commits)
→ Pull Request. Yangi AI CLI qo'shish eng oson hissa — config/agents.conf oxiriga
bitta qator. Shell skriptlarini shellcheck bilan
tekshirib yuborganingiz — alohida rahmat (CI buni avtomatik tekshiradi). 🙏

Loyihada qatnashuvchilar Xulq-atvor kodeksiga amal qiladi.

🧪 Testlar

make test     # yoki: bats tests/
make check    # syntax + lint + test (CI bilan bir xil)

Tafsilot: tests/README.md. Har push/PR'da CI avtomatik ishlatadi.


🔐 Xavfsizlik

Aidevix uchinchi-tomon o'rnatuvchilarini (npm, pip, curl | bash) ruxsatingiz
bilan
ishga tushiradi va API kalitlaringizni ko'rmaydi/saqlamaydi. To'liq
xavfsizlik modeli va zaiflik haqida xabar berish: SECURITY.md.


📜 Litsenziya

MIT — erkin foydalaning, o'zgartiring, tarqating.

⭐ Foydali bo'lsa, repozitoriyaga yulduzcha qo'ying!

Yorumlar (0)

Sonuc bulunamadi